4 570
Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi
O‘zbekistonda hozirgacha aniqlangan 390 ta koronavirusga chalinish holatlarining 170 tasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shuningdek, hozirgacha Farg‘ona viloyatida 64 nafar, Andijon viloyatida 61 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Buxoro viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirusga chalingan fuqaro aniqlangan.
«Ular hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda», — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus infeksiyasi oqibatida ikki kishi vafot etdi, 30 kishi esa kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda yetti nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi, ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi