O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Botir Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
«Botir Asadillayevich Xo‘jayev pensiyaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilinsin.
B.A.Xo‘jayevning avvalgi lavozimi bo‘yicha belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinsin», deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.
2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ishlagan Botir Xo‘jayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo‘jayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi. 2020 yilning fevralida esa u Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etildi va bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi