
2020 yil 8 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 534 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Kecha tunda koronavirusga chalinganlar soni 520 bemordan iboratligi xabar qilingan edi. O‘tgan soatlar davomida yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni hozirda 30 nafarni tashkil etmoqda. Ikki kishi esa vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar