7 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifingda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 7 aprel kunining o‘zida mamlakat bo‘ylab 5800ta laboratoriya tahlili o‘tkazilgan. Laboratoriya tahlillar barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.
Bundan avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga tekshirish uchun mo‘ljallangan test zaxirasi 200 ming donadan ziyodroqni tashkil etishi ma’lum qilingandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborotiga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar mahalliy sharoitda 50 ming dona test ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan.
6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 88 695 kishi karantin sharoitida saqlanayotgani xabar qilingandi, ulardan 67 mingdan ortig‘i uy sharoitida karantin kuzatuvida, 21 mingdan ortiq kishi mamlakatning turli nuqtalaridagi maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?