
«O‘zgidromet» Toshkent shahrida koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha e’lon qilingan karantin davrida havoning ifloslanish ko‘rsatkichlarini ma’lum qildi.
2020 yil 24 mart−6 aprel oralig‘ida poytaxt atmosfera havosida aniqlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi. Atmosfera havosi ifloslanishi indeksi 4,15 dan 2,5 gacha pasaydi.
Atmosfera havosi ifloslanish darajasining ko‘rsatkichi bu atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi (AII)dir. AII beshta asosiy ifloslantiruvchi modda (chang, uglerod oksidi (is gazi), azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak) bo‘yicha hisoblanadi. AII ning 5 balldan kam qiymatlari past ifloslanish darajasiga muvofiq.
Oy boshidan beri havodagi:
- chang konsentratsiyasi 0,16 dan 0,14mg/m3 gacha ( ruxsat etilgan me’yor 1,1 dan 0,9 gacha);
- azot dioksidi — 0,04 dan 0,02mg/m3m gacha (REM 1 dan 0,5 gacha);
- uglerod oksidi — 2,6 dan 2,2mg/m3 gacha (REM 0,9 dan 0,7 gacha) pasaygani qayd etildi;
- oltingugurt dioksidi va ammiak miqdori o‘zgarishsiz qoldi — tegishli ravishda 0,003 va 0,01mg/m3 (REM 0,06 va 0,25). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar