Yaqinda bizga xorijdagi bir islom bankida bo‘lib o‘tgan voqeani gapirib berishdi. Ushbu voqea islom bankchiligining oddiy, ammo shu bilan birga juda bir ajoyib qirrasini ochib bergani uchun uni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.
Xullas, islom banki bir mijozining biznes loyihasiga sarmoya kiritadi. Bunda bank robbul-mal – sarmoya egasi, mijoz esa sarmoyani boshqaruvchi – mudorib sifatida faoliyat yuritishiga tomonlar kelishishadi va tegishli shartnoma imzolashadi.
Ushbu loyiha doirasida bank bir necha yil yaxshi daromad oladi, mijoz ham bu davr ichida biznesini yaxshigina kengaytiradi. Ammo bir necha yildan keyin mijoz faoliyat yuritayotgan sohada o‘zgarishlar yuz beradi, turli muammolar yuzaga keladi va mijozning biznesi sezilarli zararlar ko‘radi.
Mijoz, biznesining rivojlanishida bankning ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lganligini tushungan holda, ko‘rilgan barcha zararni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashga qaror qiladi va albatta bunda uning biznesdagi ulushi sezilarli darajada kamayadi.
Voqeaning eng ajoyib joyi mana shunda yuz beradi: bankning shar’iy kengashi (har bir islom bankida shunday kengash bo‘ladi) bankka mijozning ushbu taklifini qabul qilishga ruxsat bermaydi. Chunki bank bilan mijoz hamkorlik qilayotgan biznes shakli mudoraba bo‘lib, bunda aynan sarmoya egasi barcha xatarlarni o‘ziga oladi, ish boshqaruvchi mudorib emas. Mudorib-mijoz olinishi mumkin bo‘lgan daromaddagi ulushidan quruq qoladi xolos (albatta agar zarar uning loqaydligi yoki qasddan qilgan birori ishi tufayli ko‘rilmagan bo‘lsa).
Ushbu holat, haqiqiy islom moliya tizimida asosiy e’tibor masalaning moliyaviy tomoniga emas, balki axloqiy-ma’naviy jixatiga qaratilishini amalda ko‘rsatib bergan deb o‘ylaymiz.
Islom moliyasi kanalidan olindi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi