O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli bolalar adibi Anvar Obidjon 11 aprel kuni 73 yoshida vafot etdi.
Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Anvar Obidjon 1947 yil 25 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Qator nashrlarda, jumladan «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston televideniyesida muharrir sifatida faoliyat yuritgan.
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Undan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘nlab she’riy va nasriy asarlar, qissa va dostonlar qoldi. «Ona yer, «Bahromning hikoyalari», «Olovjon va uning do‘stlari», «Ey, yorug‘ dunyo», «Bezgakshamol», «Alamazon va Gulmat», «Masxaraboz bola», «Juda qiziq voqea», «Yerliklar», «Oltin yurakli avtobola», «Dahshatli Meshpolvon» kabi she’riy va nasriy asarlar, «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «To‘tiqul» kabi pesalar shular jumlasidan.
Adib 1997 yilda «Shuhrat» medali, 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.
Zamin.uz tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”