
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 12 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. Aprel oyida virus bemorlari soni jiddiy o‘sa boshladi. Shu vaqtgcha kunlik o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi 6 aprelda qayd etilgandi - 115 holat. 11 aprel kuni ham 98 kishida virus aniqlangandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 4 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar