Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berdi:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 1054 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli nisbatan og‘irroq. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.
Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etayapti. 81mingdan ko‘proq holatda fuqarolarimiz uy va statsionar sharoitda karantin muddatini o‘tayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, karantin tadbirlarini buzganlar soni 55 mingdan ortib ketdi. Bunday fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan 30 barobarigacha, rahbar xodimlarga 30 barobaridan 50 barobarigacha jarima qo‘llash belgilangan. Balki siz uchun bu unchalik katta mablag‘ emasdir. Lekin oilangiz, yaqinlaringiz salomatligini xavfga qo‘ymasdan, karantin tadbirlariga rioya qiling, uyda qoling! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi