Buxoroda plyaj zonasi tashkil etiladi

Buxoroda plyaj zonasi tashkil etiladi
Foto: Uzbektourism.uz
Buxoro viloyatidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida joylashgan yozgi, qulay dam olish maskanida “Silk Road Resort & Spa” MCHJ tomonidan yangi ekoturizm hududi tashkil etilib, plyaj zonasi yaratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

"15 gektar maydondan iborat bo‘lgan mazkur hudud bo‘ylab yozgi dam olish sayyohlik maskanini barpo etish ishlari qizg‘in olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.
Buxoroda plyaj zonasi tashkil etiladi
Loyihaning umumiy qiymati 3 mln AQSH dollarini tashkil etib, uning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida viloyatda yana 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.
Buxoroda plyaj zonasi tashkil etiladi
Shuningdek, ushbu sayyohlik ob’ekti plyaj, basseyn, akvapark, mini Disneylend, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, dam olish ayvonlari, restoran, yozgi terassa, SPA salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport o‘yingohi, avto turargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni o‘z ichiga olib, bunda tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan bir-biridan qiziqarli konsert va shou dasturlari maroqli dam olishga xizmat qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar