Xorazm viloyati Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan A.B. qing‘ir ishga qo‘l urdi.
Postda.uz’ning yozishicha, u markazga ish so‘rab kelgan shovotlik K.J.dan 300 AQSH dollari berishni talab qildi. Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda bu mansabdor shaxsning ochiqdan-ochiq tamagirlik qilishi fuqaroning g‘ashini keltirdi. U ushbu holat yuzasidan hech ikkilanmay Xorazm viloyati IIBga murojaat qildi.
Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. fuqaro K.J.dan 300 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan paytida qo‘lga olindi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi