
Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro 19 mart kunidan 4 aprel kuniga qadar, ya’ni 16 kun mobaynida tana harorati ko‘tarilib, holsizlik sezayotgani bois 4 marta Yunusubod tumanidagi 51-sonli oilaviy poliklinikaga va 1 marta 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga murojaat qilgan.
Bu haqda bugun Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Shifokorlar bemorga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan.
Ushbu fuqaroning sog‘lig‘i og‘irlashib, beshinchi marta shifoxonaga murojaat qilganidan so‘nggina undan virusologik tekshiruv uchun namuna olingan.
Tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlanib, u va u bilan muloqotda bo‘lgan 30 nafar fuqaro karantinga olindi.
Hozirda u bilan muloqotda bo‘lgan hamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar