date
views 3 297

Ramazonda qorilar onlayn xatmi Qur’on qilar ekan. Bu qanday bo‘ladi?

Ramazonda qorilar onlayn xatmi Qur’on qilar ekan. Bu qanday bo‘ladi?
Qorilar ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tarzda xatmi Qur’on qiladilar. Bunda ular namoz o‘qiyotgan holda emas balki, o‘tirib, Qur’oni karimga qaragan holda tilovat qiladilar, deya javob berdi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov.

Shuningdek, karantin sababli masjidlarga, jamoat namozlariga chiqishning imkoni bo‘lmaganda, televizor yoki radiodan imomga iqtido qilib jamoat yoki juma namozini o‘qish joizmi mavzusidagi fikrni shunday izohladi.

“Radio yoki televizor orqali imomga iqtido qilib, juma yoki besh vaqt farz namozlarini o‘qish durust emas. Chunki, bu holatda imomga iqtido qilish shartlari topilmaydi. Ya’ni, namozda imomga iqtido qilish durust bo‘lishi uchun imom bilan unga ergashuvchining makoni bitta bo‘lishi, ya’ni bir joyda turishi shart.

Shu kunlarda ro‘za tutish istagidagi insonlarni karantin sharoiti bir oz xavotirga solmoqda. Qanday yo‘l tutmoq joizligi haqidagi savolga ham tegishlicha javob olindi.

“Karantinda ro‘za tutish odatiy ro‘zadan farq qilmaydi. Qo‘llarni tez-tez yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish ro‘zani ochmaydi. Shuningdek, zarurat bo‘lsa og‘izni chayqashning ham zarari yo‘q. Modomiki tomoqdan (halqumdan) suv o‘tmasa kifoya”.

Qayd etish kerakki, dinimizda ro‘zadorga iftorlik berish ulkan savob hisoblanadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim bir ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga o‘sha ro‘zador ega bo‘lgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”.

Shunday ekan, iftorlik xarajatlarini muhtoj va kambag‘al ro‘zadorlarga berish bilan kishi ularga iftorlik qilib berganni savobini oladi. Chunki iftorlik qilish deganda, albatta dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambag‘al, muhtoj kishilarga taom yoki kerakli mablag‘ni berish eng yaxshi iftorlikdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazonda qorilar onlayn xatmi Qur’on qilar ekan. Bu qanday bo‘ladi?