Jahondagi karantinni ikki yil muddatga uzaytirish talab etilishi ehtimoli bor, degan bayonot bilan chiqdi Garvard epidemiologlari. Bu haqda Science xabar berdi.
Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, pandemiya ustidan nazorat o‘rnatish uchun bir martalik karantin yetarli bo‘lmasligi mumkin, chunki epidemiyaning takroriy holati avvalgisidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkin.
Ehtimoliy ssenariylardan biri, agar vaksina yaratilmasa yoki samarali davolash usuli topilmasa, pandemiya taraqqiy etadigan davr 2025 yilda ro‘y berishi mumkinligini nazarda tutadi.
Garvarddagi epidemiolog olim va tadqiqot hammuallifi Mark Lipsich viruslar qachonki infeksiya bilan bemorlangan yoki shunga moyil odamlar bo‘lsagina tarqalishini tushuntiradi.
"Hozircha aholining aksariyat qismi virusga chalinishga moyil. Ehtimol, hozirda allaqanday ommaviy immunitet bordir, lekin biz hozircha u haqda bilmaymiz", - dedi u.
Maqolada aytilishicha, davolashning yangicha usullari, vaksinalash yoxud tez tibbiy yordamni ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarning amalga oshirilishi qat’iy masofalanish zaruratini biroz yengillashtirishi mumkin.
"Lekin bunday sharoitlar mavjud bo‘lmasa, davriy masofalanishni 2022 yilgacha saqlash talab etilishi mumkin", - deya xotima qiladi mualliflar.
Science nashri yozishiga ko‘ra, koronavirus bilan bemorlangan insonlarning immuniteti qancha vaqtgacha saqlanishini olimlar bilishmaydi. Agar immunitet doimiy bo‘lsa, COVID-19 birinchi epidemiyadan besh yil o‘tgach yo‘q bo‘lishi mumkin. Agar odamlarning bu virusga qarshi immuniteti atigi 12 oy bo‘lsa, katta ehtimol bilan virus har yili "qaytish" qilishini aytish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi