11:17 / 16.04.2020
2 293

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1349taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1349taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 47 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 16 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 martda aniqlangan edi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin o‘sa boshladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 167ta yangi holat.

15 aprel kuni bemorlar soni 137 nafarga oshdi.
Shu vaqtgacha 107 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1349taga yetdi