date
views 2 224

Buxoroda yana 20 kishi kasallikdan tuzaldi

Buxoroda yana 20 kishi kasallikdan tuzaldi
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 20 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

«Tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, «Sitorai Mohi Hosa» sanatoriysida karantinga olingan edi. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari Jizzax viloyatidan, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Bemorlarning darddan forig‘ bo‘lishida, shubhasiz, mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borgan samarali davolash muolajalari muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 8 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 28 nafarga yetdi.

Hozirgi sinovli kunlarda haqiqiy fidoyilik namunasini mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz misolida ko‘rib turibmiz. Ushbu sa’y-harakatlar samarasi tuzalayotgan bemorlar ko‘rsatkichida namoyon bo‘lmoqda. Bugun yana bir qator shifoxonalarda sog‘aygan bemorlarning reabilitatsiyaga kuzatilishi kutilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘ayganlar soni 127 nafarga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yana 20 kishi kasallikdan tuzaldi
-->