
17 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tadigan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, 17 aprel holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida qayd etilgan 355 ta holatning tumanlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha ekanligi qayd etildi:
Yunusobod tumanida — 68 ta;
Yakkasaroy tumanida — 13 ta;
Sergeli tumanida — 48 ta;
Yashnobod tumanida — 35 ta;
Olmazor tumanida — 47 ta;
Uchtepa tumanida — 27 ta;
Mirzo Ulug‘bek tumanida — 33 ta;
Shayxontohur tumanida — 37 ta;
Mirobod tumanida — 29 ta.
Almatov ushbu sonlar infeksiyaning aholi o‘rtasida tarqab ketganligini emas, balki bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuvi, karantindagi fuqarolarning karantin maskani joylashgan manziliga ham bevosita bog‘liqligini ta’kidladi.
«Shuning uchun tumanlarda qayd etilishiga qarab, ‘bizning tumanda kamroq, boshqa tumanda ko‘proq’, degan fikrga bormasligimiz kerak», — deydi agentlik direktori.
Toshkent shahrida qayd etilgan bemorlar yosh tasnifi bo‘yicha 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafar, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 28 nafar, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar 88 nafar, 30 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan bemorlar 82 nafarni tashkil qilishi aytildi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar 7 nafar, 1 yoshdan 2 yoshgacha bolalar 3 nafarni tashkil qiladi.
Ushbu bemorlarning kasallikni yuqtirish yo‘liga qarab qilingan tahlilga ko‘ra, 355 ta holatning 106 ta holati charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelingan va karantinda saqlangan fuqarolar o‘rtasida, kasalikka chalingan bemorlarning mamlakatga kirib kelganidan keyin ulardan 175 ta holatda, yuqish omili aniqlanmagan 48 ta holat mavjud. Bu 48 ta holat bo‘yicha epidimiologik tekshirish ishlari davom etayotganligi bildirildi. Jarayonda fuqarolar, mahalla, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa mutaxassislar jalb etilgani qo‘shimcha qilindi.
Ijtimoiy kelib chiqishiga qarab qilingan fuqarolar tahliliga ko‘ra, Toshkent shahridagi bemorlarning 52 nafari uy bekasi, 20 nafari ishsizlar, 20 nafari maktab o‘quvchilari, 12 nafari uyushmagan hamda boshqa xodimlar mavjudligini ma’lum qildi. Bu xodimlar, barcha qayd etilgan bemorlarning ijtimoiy kelib chiqishi, kasbi, yoshi, hayot tarzi, ular bilan muloqotda bo‘ladigan odamlarning faoliyati bilan ham tahlil qilinayotgani bildirildi.
Kasallikning yuqishiga moyil qatlamlar mavjudligi o‘rganilib, ushbu xavfga duchor bo‘lgan shaxslar ustidan tibbiy nazorat, qolaversa, laboratoriya tahlillari yordamida salomatligiga baho berish ishlari yo‘lga qo‘yilgani aytildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar