3 266
Jamshid Qo‘chqorov: «Agarda pandemiya bo‘lmaganida biz naqd pullarni har bir xonadonga olib borgan bo‘lardik»
Kadr: YouTube
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda moliya vaziri Timur Ishmetov iqtisodchi Bekzod Hoshimov bilan suhbat davomida O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida aholiga qanday moddiy ko‘mak berish variantlarini ko‘rib chiqayotganini so‘zlab berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, aholiga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasi mart oyining o‘rtalarida kun tartibida bo‘lgan, ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«Iqtisodchi sifatida javob beraman. Men bunga ijobiy tarafdan qarayman. Biroq eng qiyin savol: kimga va qanday qilib? Agarda bu pandemiya bo‘lmaganida biz naqd pullarni har bir xonadonga olib borgan bo‘lardik. Boshqa davlatlar tajribasi qog‘oz pullar virus tashuvchi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatmoqda. Tan olaman, biz buni kech tushunib yetdik», — deydi Qo‘chqorov.
Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, agarda aholining asosiy qismi iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlaganida ushbu masala yengilroq yechim topgan bo‘lardi. «Hech bo‘lmaganda aholining 80 foizi qonuniy sektorda ishlaganida pullarni tarqatish bo‘yicha muammo bo‘lmas edi. Maoshidan qat’i nazar biz ma’lum bir summani barcha ishchilarga tarqatib chiqqan bo‘lardik.
Kimga pullarni tarqatish kerak, degan savolga gipotetik javob — bolalarga. Masalan, 16 yoki 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, biroq buning bir kamchiligi bor. Farzandi yo‘q mustaqil yoshlar ham bor, ularning aksariyati shaharlarda yashaydi. Bu jamiyatning progressiv qismidir», — deydi bosh vazir o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklangan miqdordagi pul yordamining to‘lanishi iqtisodiyotni va ishlab chiqarishni saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi.
Shu bilan birga, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri O‘zbekistonda inflyatsiyada keskin sakrashlar — 20-25 foiz bo‘ladigan xavotirlar o‘rinsiz ekanligini ma’lum qildi. «Bizda iqtisodiy o‘sish bo‘ladi, degan tushunchada turibmiz. YAIM pasaymaydi, oz bo‘lsa-da o‘sish bo‘ladi», — deydi Jamshid Qo‘chqorov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi