date
views 2 613

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1500ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1500ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 21 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 18 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1490 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.
O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlanish holatlari soni 85taga oshdi.

Shu vaqtgacha 194 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1500ga yaqinlashdi