date
views 2 658

Koronavirus «keksalar kasalligi» emas: Qaysi toifadagi yoshlar undan ehtiyot bo‘lishlari shart?

Koronavirus «keksalar kasalligi» emas: Qaysi toifadagi yoshlar undan ehtiyot bo‘lishlari shart?
Foto: «Gazeta.ru»
Koronavirusga qarshi kurashishda orttirilgan tajribalar uning «keksalar kasalligi» ekani to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgartiryapti. Taniqli teledoktor Yelena Malisheva, Federal tibbiy-biologik agentlikning ilmiy-klinik markazi olimlariga asoslanib, o‘z instagramida bu haqda yozmoqda.

Malisheva xavf guruhidagilar asosan keksalar ekanini eslatib o‘tarkan, shuning barobarida yoshlar orasida ham koronavirus kasalligi og‘ir kechayotgan hollarni ta’kidlagan. Masalan, Moskvada virusni yuqtirganlarpning yarmi — yoshlar. Ular orasida IVL (o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish qurilmasi)ga ulab qo‘yilayotganlari ham bor.

«Bular asosan — qandli diabet, yurak yetishmoqchiligi, semirish patologiyasiga ega yoshlar», — ta’kidlaydi Yelena Malisheva.

Bunday kasalliklar yoshlar orasida juda ko‘p, shu bois o‘zini o‘zi himoyalashga barcha jiddiy e’tibor qaratishi zarur. Bu ana shunday kasallar, qolaversa, har qachongidanda bir necha karra bosim ostida ishlayotgan shifokorlarni qiyin ahvolga qo‘ymaslik uchun ham muhim, deydi teledoktor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus «keksalar kasalligi» emas: Qaysi toifadagi yoshlar undan ehtiyot bo‘lishlari shart?