Foto: O‘zA
Koronavirusga qarshi kurashishda ko‘mak berish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik tibbiyot mutaxassislari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, bemorlarni davolashda o‘zlarining amaliy maslahatlarini bergan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hozir viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlardan 2 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 4 nafari esa o‘rtacha og‘irlikda. Qolganlarining holati kundan-kunga yaxshilanib borayotgan bo‘lib, hozirga qadar 6 nafar bemor tuzalishiga erishildi.
Xitoylik shifokorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi tibbiyot xodimlari bilan videomuloqotda bo‘lib, infeksiyani davolash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Kasallikni diagnostika qilish va davolash uchun o‘z maslahatlarini berdi. Shundan so‘ng ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida farg‘onalik shifokorlarga himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
– Biz Farg‘onaga avtomashinada keldik, – deydi xitoylik tibbiyot eksperti Li Zongfang (Li Zhongfang). – Shunga alohida e’tibor berdikki, hududlarda karantin postlari tashkil etilgan, ko‘chalarda odamlarni uchratmadik. Aholi hamjihatlikda karantin qoidalariga qat’iy amal qilayotganining o‘zi ham bu kasallikni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Bugun oz bo‘lsada bu yerdagi shifokorlarga maslahatlarimizni berdik.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlar e’tirofga loyiq. Buni raqamlardan bilsa bo‘ladi. Yurtingizda o‘lim ko‘rsatgichi ancha past. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat