Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Foto:uztime.uz
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hukumatning 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi.

Unga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari auksionsiz:
  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
  • davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga;
  • daromadi yuqori bo‘lmagan (bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining (hisoblashning bazaviy miqdori 3 baravarigacha to‘g‘ri keladigan) oilalarga;
  • chin yetimlar, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga;
  • texnogen (kuchki, sel kelishi) xavf yuqori bo‘lgan hududlarda, shuningdek, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida joylashgan va buzilishiga tushgan uy-joy va mulkdorlar egalariga;
  • uzoq va chekka qishloq (ovul) aholi punktlarida istiqomat qiladigan fuqarolarga hamda uzoq hududlarda yangidan tashkil etiladigan aholi punktlarida yashash istagini bildiradigan fuqarolarga;
  • alohida Hukumat qarorlari asosida belgilab berilgan davlat organlarining davlat xizmatchilariga beriladi.

Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar