
Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin, ayniqsa kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga jiddiy sinov bo‘ldi.
Biroq, xalqimiz orasida sahovatpesha kishilar ko‘pligi bois kam ta’minlangan va muhtoj oilalar e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Shunday hayrli tadbirlar Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo‘limi tomonidan ham amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, bo‘lim tomonidan karantinli kunlarda 46 ta muhtoj oilalarga bevosita tashrif buyurilib, 34 nafar oilaning elektr energiyasi, tabiiy gaz va maishiy chiqindi bo‘yicha hisoblangan 7,5 mln. so‘mlik qarzdorligi homiylik asosida to‘lab berilgan bo‘lsa, 12 nafar ehtiyojmand oilalarga 2,1 mln. so‘mlik birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Masalan, o‘nlab xonadonlar qatorida tumanning Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi Botirova Jamilaning boriga qanoat qilib yashayotgan aslida ehtiyojmand bo‘lganligi sababli Byuro xodimlari tomonidan un, go‘sht, shakar, yog‘ va boshqa zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tashrif buyurganliklari kutilmagan hol bo‘lgan bo‘ldi.
Qoraqo‘yli qishlog‘ida yashovchi keksa otaxon Toshmatov Abdumutalning uyiga bo‘lim davlat inspektori tashrif buyurganida esa elektr energiyasidan bo‘lgan 300,0 ming so‘m qarzini pensiya pulidan to‘lamoqchi bo‘lganida, unga pensiya puli oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishini tushuntirib qaytarib berilgan, qarzi esa homiylik asosida to‘lab berilgan.
Muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning holidan xabar olish va ularning duosi sabab sinovli kunlar tezroq mamlakatimizni tark etishiga xizmat qilsa ajab emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar