Asakada mansabdor shaxs mahalliy fermerdan 10.000 AQSH dollari olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi B.M. «Bobur» massividagi «Q.E.» fermer xo‘jaligiga tegishli 44 gektar yer maydoniga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq ekilmaganligini ro‘kach qilib, yerni olib qo‘yish bilan xo‘jalik rahbarini qo‘rqitadi. So‘ng «masalani hal etish» mumkinligini bildirib, evaziga 10.000 AQSH dollari talab qiladi.
Fermer xo‘jaligi rahbari arizasiga asosan (departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va DXX bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan tadbirda mansabdor pullarni ishxonasi yonidagi «qassobxona» sotuvchisi M.S. orqali olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan B.M.ga nisbatan JKning (Jinoyat kodeksi) tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi