
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 20 aprel kuni Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Qorako‘l tumani “Darg‘ali” qishlog‘ida yashovchi fuqaro F.T. 467 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. O‘simliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar