date
views 1 860

Buxoroda bir yo‘la 32 nafar bemor to‘liq sog‘aydi

Buxoroda bir yo‘la 32 nafar bemor to‘liq sog‘aydi
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 657 nafarni tashkil etmoqda.
Buxoro viloyatidan bir yo‘la 32 nafar bemorning to‘liq sog‘ayib chiqdi. Ularning 22 nafari viloyat ko‘p tarmoqli markazidan, 10 nafari yuqumli kasalliklar shifoxonasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 30 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.

Ulardan 28 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Andijon viloyatidan, 5 nafari Toshkent viloyatidan, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridan 3 nafardan, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 74 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 178 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 210 nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda bir yo‘la 32 nafar bemor to‘liq sog‘aydi