
Foto: YHXBB
24 aprel, juma kuni, soat 13:30 larda Qamchiq dovonida Shacman SX4254 yuk mashinasi ishtirokida odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 251-kilometrida 1983 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismi chetidagi «favqulodda holat uchun tashkil etilgan avariya yo‘lakchasi»ga chiqib, «Tog‘ shabbodasi» oshxonasi tomon 180 metr masofa harakatlanib, toqqa borib urilgan.

Foto: YHXBB
Haydovchi A.Yu. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB
YHXBB tomonidan e’lon qilingan suratlarda yuk mashinasining kabinasi toqqa urilgach, deyarli yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar