19:49 / 27.04.2020
2 810

Ramazon mevasi — xurmo

Ramazon mevasi — xurmo
Qonda qand miqdorining kamayishi hisobiga ochlik hissi paydo bo‘ladi, xurmo yegandan so‘ng bu his yo‘qoladi. Shuning uchun ham ro‘zadorlar xurmoni iftorlikda taomlardan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va natijada birdan ko‘p ovqat yeb qo‘yishning oldi olinadi.

Boshqa mevalardan farqli o‘laroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini me’yorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, parishonxotirlikning oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi.

Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55 %) vitamin V5 bilan organizmda faol so‘rilib, ochlik hissini yo‘qotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini to‘liq tiklaydi.

Xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi.Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kaloriyaga teng. Shuning uchun ham uni boshqa shirinliklar o‘rniga qo‘rqmay iste’mol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi.

Olimlarning fikricha, inson bir kunda 10 dona xurmo tanovvul qilsa, magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiy kabi moddalarning sutkalik o‘rni qoplanadi. E’tibor bering, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.

Xurmoning organizmga ta’sirini o‘rganilganda uning quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:
- Xurmoda xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi. Uning tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni o‘ldiradi;
- Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tug‘ruqlar yengil kechadi;
- Ishtahani me’yoriga keltiradi;
- Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;
- Och qoringa iste’mol qilinsa, organizmdagi parazitlar o‘ladi.

Alloh taolo biz uchun in’om qilib bergan ana shunday ne’matlardan o‘z o‘rnida foydalanishni unutmaylik!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazon mevasi — xurmo