22:50 / 27.04.2020
2 747

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1900dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 17 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 27 aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1904 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

So‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.
26 aprel kuni atigi 7ta yangi zararlanish holati qayd etilgan va 58 kishi sog‘aygandi. Bugun 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi.

Virus tarqalishni boshlagandan buyon 892 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1900dan oshdi