
2020 yil 17 aprel kuni soat 11:00 lar chamasida Quva tumani markazidagi ko‘p qavatli binolarda istiqomat qiluvchi Sanobar G‘ofurova hamda Toshpo‘latova Nargiza bir-birlari bilan ko‘p qavatli uyning podezdlarini bolalari o‘ynab, iflos qilganlik yuzasidan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini haqorat qilib, tan jarohati yetkazishadi.
Ushbu ish bo‘yicha surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, ish sudga oshadi hamda huquqbuzarlik ishi 2020 yil 27 aprel kuni Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi.
Sudda, xar ikki huquqbuzarlarning xech qayerda ishlamayotganliklari, kunlik ishga chiqib tirikchilik qilib kelayotganliklarini, karantin davrida esa kunlik ishga ham chiqmasdan uyda o‘tirishganliklarini, sharoitlari qiyinligini, ramazon oyida bir-birlarini kechirib, boshqa bu kabi holatlarni qilmasliklarini aytib sudda va’da berdi.
Sud, har ikki huquqbuzarning oilaviy sharoitini tushungan holda va bir-birlarini kechirib, bu kabi holatlar boshqa sodir qilmasligini e’tiborga olib, o‘zining insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda ularni jarima jazosidan ozod qildi.
Quva tuman ma’muriy
sudi sudyasi: A.Jumayev
sudi sudyasi: A.Jumayev
Quva TumaniSud JarayoniHuquqbuzarlik IshlariInsonparvarlik PrinsipiOila SharoitiJanjal Holatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing