13:57 / 28.04.2020
2 552

Qashqadaryoda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan 14 yoshli bola tuzaldi

Qashqadaryoda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan 14 yoshli bola tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, bugun Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Sog‘ayganlar viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Farg‘onada sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan va 1 nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning 5 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 59 nafarga yetdi.
Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli bemor Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Qashqadaryo viloyatida koronavirusdan zararlanishning ilk holati qayd etilgan, Chiroqchi tumanida 14 yoshli bola O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi qurboniga aylangan amakisidan virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgandi. U Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘rta og‘ir darajadagi holatda yotqizilgandi.

Viloyatda shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 5 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 900 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan 14 yoshli bola tuzaldi