
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida bo‘lib, hududda 27 aprel kuni kuzatilgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Olot tumanida faollar, quruvchilar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda», — deya ma’lum qilindi «Yangiliklar» dasturining soat 17:00 da efirga chiqqan sonida.
— Shukhrat (@bankir2102) April 28, 2020
Avvalroq Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, viloyatda 27 aprel kuni kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, bir kishi halok bo‘lgan, yuzlab avtomobillar, minglab bino va inshootlar, o‘n minglab daraxtlarga zarar yetgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar