Foto: DPA
Xitoyda dekabr oxirida ilk bor qayd qilingan koronavirus 10 ta turli turga mutatsiya qildi. Ulardan biri - A2a turi deyarli boshqa turlarni siqib chiqarib, dunyoda ustun turga aylandi.
Bu haqda Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi biotibbiyot genomikasi milliy instituti olimlari tadqiqotiga tayanib Times of India nashri xabar berdi.
Olimlarning aniqlashicha, barcha 10 tur 4 oy ichida birinchi “voris” O turidagi virusning mutatsiya qilishi natijasida paydo bo‘lgan. Biroq virusning A2a turi tarqalishi sur’ati bo‘yicha mart oxirida boshqa turlardan o‘za boshlagan.
Buning sababi oddiy – mutatsiya virus sirtidagi oqsil strukturasini o‘zgartirgan. Institut rahbari Partx Majumdorning aytishicha, natijada bu tur inson organizmiga boshqa turlarga qaraganda samaraliroq kira boshlagan va o‘pka hujayrasining sirtidagi oqsil bilan oson bog‘lana boshlagan. Turli davlatlarda koronavirusga chalinish va undan o‘lim darajasidagi katta farqlar shu omilga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
10 yil avval 800 kishining hayotini olib ketgan va 8 ming kishini zararlagan avvalgi SARS-CoV koronavirusi ham o‘pkaga kira olgan, biroq A2a turi kabi kuchli darajada emas.
Olimlarning aytishicha, olingan ma’lumotlar koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda o‘ta muhim hisoblanadi. Ular yaqin orada jahon hamjamiyatiga o‘z tadqiqotlarining rasmiy natijalarini taqdim qilishmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi