8 691
Toshkent shahri tarkibiga qaysi hududlarni kiritish rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi
Prezidentning “Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi, «ToshkentboshplanLITI» DUK, «Kentsel Yenileme Merkezi A.S.» (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.
Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilib, taklif qilingan konsepsiyalariga asoslangan hamda bazaviy ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritish hisobiga Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish Bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari ma’qullanadi.
Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasini uni kelgusida Markaziy Osiyoning yirik ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va ilmiy sanoat markazi sifatida rivojlanishini ko‘zda tutadi.
Poytaxtni shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari quyidagicha hal etiladi:
- ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va turli joylarga o‘rnashtirishning umumrespublika tizimi bilan;
- viloyat va unga tutash hududlarni yagona xalq xo‘jaligi, ijtimoiy va tabiiy ekologik majmualar sifatida rivojlantirishni hisobga olib;
- Toshkent shahrining qiyofasini tubdan yangilash maqsadida uni zamonaviy shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish;
- shaharning shaharsozlik rivojlanishining asosiy muammosi cheklangan hududiy resurslarda aholining son jihatdan o‘sishi bilan bog‘liq.
Konsepsiyada bosh rejaning quyidagi loyiha davrlari qabul qilingan:
- Toshkent shahri aholi sonining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan;
- o‘tgan davr 2018 yil – 2 490 ming kishi (01.01.2019y.ga 2510 ming yashovchilar);
- hisob-kitob qilingan davr – 2041 yil 3 300 ming kishi.
Shaharning zamonaviy hududi (2018yil) 33,06 ming gektarni tashkil etadi Toshkent shahrining hisoblangan muddatga hududi – 41,5 ming gektarni tashkil etadi.
Konsepsiyada shahar tarkibiga Xonobod posyolkasi, O‘zgarish posyolkasi, Yunusobodning shimol qismi (Zangiota tumani), Salar posyolkasining, Olmos posyolkasi (Qibray tumani) bir qismi, Sergeliga tutash bo‘lgan (Zangiota, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq tumanlari), Bektemir tumanining janubiy hududlari (Quyi Chirchiq tumani)ni kiritish rejalashtirilmoqda.
Shaharni rivojlantirish uchun Toshkent viloyatining yerlaridan, birinchi galda qurilish ko‘zda tutilgan yer uchastkalarini ajratish va hisob-kitob muddatiga 8,4 ming gektar yer uchastkalarini ajratish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi