12:33 / 29.04.2020
2 337

MIB Toshkentda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi

MIB Toshkentda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi
Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudining 13.03.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “O`ZBEKNEFTGAZ” AJ.dan G‘uzor tuman DSI foydasiga 5 mlrd. 59 mln. 375 ming so‘m soliq qarzdorlik undirish haqidagi ijro ishi mavjud.

Ijro hujjati joriy yilning 26 mart kuni kelib tushgan bo‘lib, shu kuni bo‘lim davlat ijrochisi J.Raxmatov tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga asosan, 10618/14-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan va tomonlarga yuborilgan.

Ijro hujjati undiruvi yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan barcha majburiy undiruv choralari qo‘llanilib, 27.04.2020 yildagi to‘lov topshiriqnomalariga asosan davlat foydasiga yuqoridagi 5 mlrd. 59 mln. 375 ming so‘m soliq qarzdorligi va 101 mln. 187 ming so‘m PQ-722-sonli Qaroriga asosan, ijro yig‘imi undirildi va ijro ishi yuritish tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkentda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzini undirdi