Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgani, karantin davrida qat’iy tartib-intizom o‘rnatilgani bois kasallik bilan bog‘liq raqamlar ijobiy bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi.
«Bu yo‘nalishda Buxoroda ham katta ishlar qilinyapti. Har bir fuqaroning hayotini saqlab, birorta ham o‘lim bo‘lmasligi uchun 24 soat harakat qilyapmiz. Albatta, bu boshimizga tushgan katta sinov. Men birinchi kundanoq aytdimki, bu sinovdan qudratli bo‘lib chiqamiz, bir-birimizga mehrimiz, muhabbatimiz, albatta, oshadi», — dedi Prezident.
Ta’kidlash joizki, 28 aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi. 29 aprel soat 10:00 holatida ham sog‘ayganlar ustunligi saqlanib turibdi. Ayni vaqtda mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilgan 15 martdan buyon sakkiz kishi kasallik qurboni bo‘ldi.
Avvalroq singapurlik tadqiqotchilar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi 2 may kuni 97 foizga, 23 mayga kelib esa 100 foizga chiqishi mumkinligini prognoz qilgan edi. Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «karantinni qachon bekor qilish xalq bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o‘ylab va tahlil qilib, albatta, ko‘rib chiqilishi»ni ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi