2 462
Jayron ovlaganlarning miltiq va motosikli musodara qilindi, jarima va ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yashovchi fuqarolar Z.A. hamda A.A. «Qizil kitob»ga kiritilgan 2 bosh jayron (kiyik) hamda 3 bosh yovvoyi quyonlarni noqonuniy ravishda ovlashgan.
Bu holat viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2019 yil kuz mavsumida Tomdi tumani cho‘l hududida amalga oshirilgan tezkor reyd tadbirlari davomida aniqlangan.
Tabiatga qiron keltirgan ovchilarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Tomdi tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan 2020 yil 15 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida sudlanuvchilar A.Z va A.A. ning sud ishi bo‘lib o‘tdi.
Sud hukmiga ko‘ra, yetkazilgan zarar bo‘yicha Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga javobgarlardan 68 mln 907 ming so‘m undirish lozim deb topildi. Ovda foydalanilgan motosikl va ov quroli davlat hisobiga musodara qilindi hamda 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi