1959 yilda tug‘ilgan poytaxtlik G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan. O‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda «Covid-19» koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan so‘ng, unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga og‘ir holatda o‘tkazilgan.
Bemorda bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo‘lganligi sababli davolanish og‘ir kechib, 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Bundan avval, ya’ni 2-fevralida u ilk bor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va davolanib chiqqan.
61 yoshli ushbu bemor davolanish davomida kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi