Namangan viloyati, Norin tumanida ham Koronavirus pandemiyasi paytida fuqarolarning tartib-qoidalarga rioya qilishlari, fuqarolarning jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida kunu tun targ‘ibot ishlari va reydlar o‘tkazilmoqda.
Biroq olib borilayotgan qat’iy chora-tadbirlarga qaramasdan, shu yilning 17 aprel kuni tumandagi xonadonlardan birida arzimagan ish ortidan katta janjal kelib chiqdi. Shu kuni soat 12.00 da Norin tumanida yashovchi, 21 yoshli qiz, o‘zining yashash uyida, birga yashovchi 37 yoshli amakisiga “Yuvgan kiyimlaringning mag‘zavasini o‘zing tozalab qo‘y”, deb janjal ko‘taradi. Bu haqda Namangan viloyat IIB xabar berdi.
O‘zidan 16 yosh kichik bo‘lgan jiyanining gaplarini ko‘tara olmagan amaki esa qizni haqorat qiladi. Qiz oshxonada turgan xo‘jalik pichog‘ini olib, amakisiga tashlanadi va uning ko‘krak qafasi, orqa o‘ng yelkasiga urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazadi. Vaqtida ko‘rsatilgan tez-tibbiy yordam natijasida erkakning hayoti saqlab qolindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin