date
views 2 058

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2075taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2075taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 1 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2075 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bungacha 1 may kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2046 nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1175 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 891 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

O‘zbekistonda qatorasiga 9 kun davomida koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘ldi, o‘ninchi kuni ikki holat tenglashdi - 30 aprel kuni yana 37 kishi sog‘aydi va 37 kishida virus aniqlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2075taga yetdi