
Foto: FVV matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1 may kuni yuz bergan avariya munosabati bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Milliy gvardiya, IIV vakillari bilan birgalikda xavf hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini faol olib bormoqda.
FVV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida qutqarilgan fuqarolar motorli qayiqlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirilmoqda, shundan so‘ng ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati
«Hozirgacha o‘nlab insonlar hayoti saqlab qolindi. Odamlar halok bo‘lgani haqida axborot hozircha kelib tushgani yo‘q», — deya ma’lum qildi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Foto: FVV matbuot xizmati
FVV saytida 2 may kuni e’lon qilingan axborotda ta’kidlanishicha, qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida kamida 20 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar