
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali xabar berdi.









Davlat rahbari qishloq ichiga kirib, xonadonlarga yetgan zararni ko‘zdan kechirdi va mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qildi.
O‘zbekistonda 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
56 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 17300 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar