3 179
Shavkat Mirziyoyev yana Sardobaga keldi, aholini yashash joylariga qisman qaytarish rejalashtirilmoqda
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori devorlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ham omborni tiklash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.
«O‘zbekiston 24» xabariga ko‘ra, shu yerning o‘zida mutasaddilar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tozalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida davlat rahbariga axborot bergan.
«Prezidentimiz inshootni tezroq tiklash va aholi uchun yetarli shart-sharoit yaratishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar berdi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, suv omborining toshqin sodir bo‘lgan qismida suv oqib chiqishi to‘xtagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining suv toshgan hududlarida favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Bugun, 3 may kuni hodisa joyiga FVVning 400 nafar shaxsiy tarkib va 200ta maxsus texnika jalb etilgan.
«Ayni soatlarda maxsus texnikalar yordamida uy xo‘jaliklari va boshqa ob’ektlarda to‘planib qolgan suvni chiqarish ishlari ketmoqda. Shu bilan birga, qutqaruv-qidiruv ishlari ham davom etmoqda.
Endilikda xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan odamlarni toshqin oqibatlari bartaraf etib bo‘lingan joylarga qisman qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», – deyiladi FVV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi