Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona va Navoiyda navbatdagi bemorlar koronavirusdan butkul sog‘aygani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Farg‘ona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqqan. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida olinsa, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 76 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 84 nafarga yetdi.
Bugun Navoiy viloyati ham koronavirus infeksiyasidan xoli hududga aylandi. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi.
Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
«Endilikda Navoiy viloyati ham barcha bemorlar butunlay sog‘ayib, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qatori koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi. Ushbu muvaffaqiyatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning jami soni 1328 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi