10:55 / 05.05.2020
2 554

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida kariyb 70 million so‘m mablag‘ kelib tushdi

«Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida kariyb 70 million so‘m mablag‘ kelib tushdi
Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi va «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahrida xayriya yordamini qabul qilish punkti ochilgan. Bugunning o‘zida poytaxt aholisi 1000 nafardan ziyod odamga mo‘ljallangan bolalar va kattalar ustki kiyimlari, ko‘rpa-to‘shak va yostiqlar, oyoq-kiyim, idish-tovoq, gigiyena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlarini olib kelishdi.

Ko‘ngillilar barcha narsalarni yig‘ib, Sirdaryo viloyatiga jo‘natish uchun tayyorlab qo‘ydilar.
Bundan tashqari, maxsus ochilgan hisob raqami (20212000100981895003) ga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz, xorijdagi vatandoshlarimiz, biznesmenlar, turli tashkilot va korxonalardan pul mablag‘lari kelib tushmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 70 million so‘m mablag‘ kelib tushgan.

Xususan, jismoniy shaxslardan:
- Payme orqali ("Xayriya" bo‘limi - "BizBirgamiz" logotipi) — 17 971 230 so‘m;
- Click orqali ("Xayriya" bo‘limi - "BizBirgamiz" logotipi) — 8 894 440 so‘m;
- yuridik shaxslardan esa hisob raqamga — 41 636 595 so‘m miqdorida mablag‘ kelib tushgan.
Yig‘ilgan mablag‘larga zarur iste’mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda boshqa buyumlar sotib olinadi.

Barchaga ko‘rsatayotgan bag‘rikenglik va ezgulik, "Salom, Sardoba, biz birgamiz!" xayriya aksiyasida ishtirok etish istagida bo‘lganliklari va murakkab ahvolda qolgan sirdaryoliklarni qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

Ezgulik va savob ish ming karra bo‘lib qaytadi❗️
"Tezkor shtab"ning telefon raqamlari: 91-572-11-00, 71-239-33-23, 97-157-80-65.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasi doirasida kariyb 70 million so‘m mablag‘ kelib tushdi