date
views 2 267

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2217taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2217taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 6 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2217 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

5 may kuni 18ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 96 kishi tuzaldi.
21 apreldan buyon O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni yangi kasallanish holatlari sonidan ko‘p bo‘lmoqda, faqat 30 aprel kuni ikki holat teng bo‘lgan.

Ayni vaqtgacha jami 1501 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 706 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2217taga yetdi