Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba suv omborining 1 may kuni o‘pirilgan qismi ustidan olingan video e’lon qilindi. Unda suv omborining atrofi allaqachon suvga to‘lgani, ayni vaqtda to‘g‘onning buzilgan qismidan suv katta to‘lqinlar hosil qilgan holda toshib chiqishda davom etayotganini ko‘rish mumkin.
— Shukhrat (@bankir2102) May 6, 2020
Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng uning atrofidagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan (ularning kamida 53 ming nafari allaqachon mahallalariga qaytgan). Hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Avariyadan keyingi suv toshqini oqibatida 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid, 13 ta respublika ahamiyatidagi ko‘prik, 52 kilometr uzunlikdagi yo‘l, 1 ta dehqon bozori, 99 ta ko‘p qavatli turar-joy binosiga zarar yetgan.
Sardoba suv omborining to‘g‘onining buzilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari DXX tomonidan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa aybdorlari, ular kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini alohida, ishontirib ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi