
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan shug‘ullangan 4 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, Oxiana work xususiy bandlik agentligi, «Taraqqiyot milliy markazi xususiy bandlik agentligi», World work xususiy bandlik agentligi hamda Work in World xususiy bandlik agentligi MCHJlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qator xususiy bandlik agentliklari mansabdorlari ustidan jinoyat ishlari ochilgach, hukumat tomonidan mamlakatdagi barcha xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritilishi ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar