15:16 / 08.05.2020
1 860

O‘zbekistonlik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordamlashish uchun Tojikistonga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordamlashish uchun Tojikistonga yo‘l oldi
O‘zbekiston Tojikistonga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish uchun shifokorlar guruhini yubordi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, ushbu kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega o‘zbekistonlik bir guruh shifokor mutaxassislar Tojikiston Respublikasiga yo‘l olishdi. Ularni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov kuzatib qo‘ydi.

SSV Matbuot xizmati

SSV Matbuot xizmati

SSV Matbuot xizmati
«Ma’lumki, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lagan. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi va oqilona siyosati tufayli so‘nggi yillarda mamlakatlarimizning keng qamrovli hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi, xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahamlandi. Ikki mamlakat prezidentlarining yaqinda telefon orqali muloqotida ham ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik samarasi o‘laroq Tojikistonga yo‘l olgan shifokorlarimiz Covid-19’ning oldini olish, nazorat qilish va davolashni tashkil etishda tojikistonlik tibbiyot xodimlariga yaqindan ko‘maklashadi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordamlashish uchun Tojikistonga yo‘l oldi