«Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida» Hukumat qarori (272-son, 08.05.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti (Universitet) tashkil etiladi.
Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biridir.
Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:
— Loyihalarni boshqarish;
— Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish;
— Tadbirkorlik va innovatsiyalar;
— Xalqaro elektron tijorat;
— Raqamli iqtisodiyot.
Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi